1 oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi

30.09.2025 2 marta ko'rilgan

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida an’anaviy ravishda nishonlanadigan o‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tadbir tashkil etildi.

Tadbirda institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar tarkibi ishtirok etdilar. Ushbu kunda fidokorona mehnat qilgan, soha taraqqiyotiga hissa qo‘shgan o‘qituvchi va murabbiylar Ichki ishlar vaziri va Institut boshlig‘i tomonidan munosib taqdirlandi. Ularga faxriy yorliqlar, esdalik sovg‘alar va tashakkurnomalar topshirildi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar ta’lim va tarbiya sohasida olib borilayotgan islohotlar, murabbiy va o‘qituvchilarning jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni haqida alohida to‘xtalib o‘tishdi. Shuningdek, yosh xodimlarning malakali kadrlardan ilhom olishi, kasbiy faoliyatda yuqori natijalarga erishishida bu kabi e’tiroflar muhim o‘rin tutadi, deya ta’kidlandi.

Tadbir xush kayfiyat va samimiy muhitda o‘tdi.

 

Institut Matbuot xizmati