Xalqaro hamkorlik guruhi 2021-yilda tashkil etilgan.
Guruhning asosiy vazifalari:
- O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalariga muvofiq xorijiy davlatlarning huquqni muhofaza qiluvchi organlari oliy ta’lim muassasalari hamda xalqaro tashkilotlar bilan ta’lim va ilmiy-tadqiqot sohasiga oid masalalar bo‘yicha hamkorlikni o‘rnatish, rivojlantirish, takomillashtirish va muvofiqlashtirish;
- xorijiy davlatlarning huquqni muhofaza qiluvchi organlari oliy ta’lim muassasalari hamda xalqaro tashkilotlar bilan Institut o‘rtasida o‘rnatilgan tartibda o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish bo‘yicha xalqaro shartnomalarning loyihalarini tayyorlash, shuningdek ularning tizimlashtirilgan hisobini yuritish;
- Institut delegatsiyalarini xorijiy mamlakatlarga borishini, shuningdek chet davlatlarning huquqni muhofaza qiluvchi organlari oliy ta’lim muassasalari hamda xalqaro tashkilotlar delegatsiyalarini Institutga tashrif buyurishlarini Ichki ishlar vazirligi Xalqaro hamkorlik boshqarmasi bilan kelishilgan holda tashkiliy ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘rish;
- xorijiy davlatlarning huquqni muhofaza qiluvchi organlari oliy ta’lim muassasalari hamda xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishni axborot-tahliliy jihatdan ta’minlash.
Guruh zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalariga muvofiq xorijiy davlatlarning huquqni muhofaza qiluvchi organlari oliy ta’lim muassasalari hamda xalqaro tashkilotlar bilan ta’lim va ilmiy-tadqiqot sohasiga oid masalalar bo‘yicha hamkorlikni o‘rnatish, rivojlantirish, takomillashtirish va muvofiqlashtirish sohasida:
- Institutning xalqaro hamkorligini o‘rnatish, rivojlantirish, takomillashtirish va muvofiqlashtirish;
- xorijiy davlatlarning huquqni muhofaza qiluvchi organlari oliy ta’lim muassasalari hamda xalqaro tashkilotlar bilan kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasi oshirish sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha reja va dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
- xorijiy davlatlarning huquqni muhofaza qiluvchi organlari oliy ta’lim muassasalari hamda xalqaro tashkilotlar bilan o‘rnatilgan tartibda o‘zaro axborot almashinuvini amalga oshirish va muvofiqlashtirish.
b) xorijiy davlatlarning huquqni muhofaza qiluvchi organlari oliy ta’lim muassasalari hamda xalqaro tashkilotlar bilan Institut xalqaro hamkorligini rivojlantirish bo‘yicha xalqaro shartnomalar loyihalarini tayyorlash, shuningdek ularning tizimlashtirilgan hisobini yuritish sohasida:
- xorijiy davlatlarning huquqni muhofaza qiluvchi organlari oliy ta’lim muassasalari hamda xalqaro tashkilotlar bilan Institut o‘rtasida o‘zaro hamkorlik masalalari bo‘yicha xalqaro shartnomalar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish;
- huquqni muhofaza qilish faoliyatiga taalluqli xalqaro shartnomalar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash bo‘yicha tuzilgan ekspert guruhlarda ishtirok etish;
- O‘zbekiston Respublikasi tomonidan imzolangan huquqni muhofaza qilish sohasidagi xalqaro hujjatlarning mazmun-mohiyatini professor-o‘qituvchilar va xodimlar e’tiboriga yetkazish bo‘yicha choralar ko‘rish.
d) Institut delegatsiyalarini xorijiy mamlakatlarga borishini, shuningdek chet davlatlarning huquqni muhofaza qiluvchi organlari oliy ta’lim muassasalari hamda xalqaro tashkilotlar delegatsiyalarini Institutga tashrif buyurishlarini tashkiliy ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘rish sohasida:
- Ichki ishlar vazirligi Xalqaro hamkorlik boshqarmasi bilan kelishilgan holda Institut professor-o‘qituvchilari va xodimlarning xalqaro hamkorlik tadbirlarida ishtirok etishini tashkil etish va ta’minlash;
- kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasi oshirish, ilmiy-tadqiqot sohasida Institut vakillari hamda delegatsiyalarini xorijiy mamlakatlarga borishini tashkil etish va nazorat qilish;
- Ichki ishlar vazirligi Xalqaro hamkorlik boshqarmasi bilan kelishilgan holda xorijiy davlatlarning huquqni muhofaza qilish organlari, ularning oliy ta’lim muassasalari hamda xalqaro tashkilotlarning delegatsiyalarini Institutda bo‘lishiga oid tashkiliy tadbirlarini amalga oshirish.
e) xorijiy davlatlarning huquqni muhofaza qiluvchi organlari oliy ta’lim muassasalari hamda xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishni axborot-tahliliy jihatdan ta’minlash sohasida:
- xalqaro hamkorlik faoliyatni O‘zbekiston Respublikasi milliy manfaatlarini ta’minlash sohasida monitoring qilish;
- xalqaro hamkorlik faoliyat to‘g‘risida tahliliy hisobotlar, sharhlar va byulletenlarni tayyorlash;
- xorijiy mamlakatlarga xizmat safariga tayyorlangan nomzodlarni o‘rganish, ulardan xizmat safari bo‘yicha tegishli reja-topshiriqlarni talab qilish hamda xizmat safari yakunlari yuzasidan hisobot olish;
- Institut delegatsiyalarining xorijiy mamlakatlarga xizmat safarlari yakuni bo‘yicha hisobotlarini qabul qilish, tahlil qilish va natijasi bo‘yicha Institut boshlig‘iga va Ichki ishlar vazirligiga axborot kiritish;
- huquqni muhofaza qilish faoliyati masalalari bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish, ma’lumotlar yig‘ish, umumlashtirish va tahlil qilish, uni ichki ishlar organlarning amaliyotiga, ta’lim jarayoni va ilmiy-tadqiqot faoliyatiga tatbiq qilish bo‘yicha takliflar kiritish.
Xozirgi kunda, Malaka oshirish instituti quyidagi 9 ta xalqaro tashkilotlar bilan aloqalar o‘rnatilgan bo‘lib, ular bilan xamkorlikda tegishli tadbirlar amalga oshirib kelmoqda.
1. Xalqaro politsiya Akademiyalari assotsiatsiyasi (INTERPA);
2. Yevropa Ittifoqining Budapesht shahridagi Huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlarini tayyorlash bo‘yicha Agentligi (CEPOL);
3. Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT);
4. BMT Taraqqiyot dasturi (PROON);
5. Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilot (MOM);
6. BMTning narkotiklar, uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash Boshqarmasi (UNP OON);
7. Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA);
8. Janubiy Koreya Xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA);
9. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ishtirokchi-davlatlarining Ichki ishlar vazirligi (politsiya) ta’lim muassasalari assotsiatsiyasi.
Shu
bilan birga, O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan
25 ta (2023 yilda 3 ta - Toshkent davlat transport universiteti, Urganch
davlat universiteti va M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining
Toshkent filiali) ta’lim muassasalari, 2 ta boshqa muassasalari bilan va
10 ta IIV sohaviy xizmatlari bilan hamkorlik memorandumlari
imzolangan.
Mazkur o‘rnatilgan aloqalar va imzolangan memorandumlar asosida joriy yilda 2 ta xorijga (Fransiya va Tojikiston) xizmat safari, 2 marotaba xorij delegatsiyasi instutga tashrifi hamda 10 dan xorijiy seminar-treninglar tashkil etildi, shuningdek Koreya Respublikasi Milliy sud ekspertizasi xizmati qoshidagi Sud ekspertizasi va tibbiyot instituti direktori, tibbiyot fanlar bo‘yicha falsafa doktori So Jungsokning onlayn master-klass mashg‘ulotlari beg‘araz tashkil etilmoqda.