Jangovar tayyorgarlik sikli
Jangovar tayyorgarlik siklining maqsadi – Malaka oshirish institutiga ichki ishlar organlari raxbarlik lavozimlariga tayyorlash uchun zaxiradagi xodimlar, maxsus unvon olish uchun kelgan, malaka oshirish kurslari, boshlang‘ich kasbiy tayyorgarlik uchun kelgan xodimlarning jangovar tayyorgarligini oshirish orqali maxsus vosita va o‘q otar qurollarni mohirona qo‘llash, tabiiy sharoitda xaritasiz orientir olish va topografik xaritalardan foydalanishni o‘rgatish, ularning kasbiy intellektual va professional salohiyatini yanada oshirish, shuningdek xodimlarda xizmat majburiyatlarini samarali bajarishlari uchun malakalarini oshirishdan iborat.
Jangovar tayyorgarlik siklining vazifalari:
- tinglovchilarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Ichki ishlar vazirligi tomonidan ichki ishlar organlari xodimlariga qo‘yilayotgan bugungi kun talablariga javob beradigan yuksak kasbiy mahoratini rivojlantirish;
- tinlovchilarni yuksak darajadagi Vatanparvarlik, dovyuraklik, mardlik va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash;
- tinglovchilarning yuqori darajada jangovar tayyorgarligini oshirish va har tomonlama takomillashtirib borish;
- xizmat faoliyati davomida ro‘y beradigan hodisalarga to‘g‘ri baho berish, murakkab vaziyatlarga qisqa fursatlarda moslashish, keskin va favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish;
- Ichki ishlar organlarida mavjud o‘q otar qurollarni bilish va ularni mohirona qo‘llash;
- maxsus vosita, elektroshok qo‘rilmalari hamda o‘qotar qo‘rollarini qo‘llash tartibini bilish va favqulotda holatlarda qo‘llash ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
- xizmat vazifalarini bajarishda uchraydigan holatlarga yetarli darajada aniq baho bera olish, mavjud muammolarni tahlil qilish va to‘g‘ri qarorlar qabul qilish qobiliyatini rivojlantirish;
- jangovar tayyorgarlik modulida nazariy olingan bilimlarni amaliyot bilan bog‘liqligini ta’minlash.