Аxborot texnologiyalari boʼlimi

Axborot texnologiyalari bo‘limi IIV Malaka oshirish institutining tarkibiy tuzilmasi bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 15 apreldagi “Ichki ishlar organlari uchun professional kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5076-son Qaroriga asosan tashkil etilgan.

Bo‘limning asosiy maqsadi – ichki ishlar organlari xodimlarini boshlang‘ich tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishda ta’lim va ilmiy-tadqiqot jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalarni joriy etish, ushbu jarayonlarda texnika vositalaridan unumli foydalanish va aloqa tizimini ta’minlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatishdan iborat.

Bo‘limning vazifalari:

ichki ishlar organlari uchun yetuk, malakali mutaxassislar tayyorlash uchun yuqori sifatli texnik vositalar bilan xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash;

pedagogik ishlarni axborot-ta’lim vositalari yordamida qo‘llab-quvvatlash;

Institut rasmiy veb-saytini hamda masofaviy ta’lim portalini yuritish;

radio va o‘tkazgichli aloqa tizimini tashkil qilish va uning tizimli ishlashini ta’minlash;

Institutda axborot xavfsizligini ta’minlash.

Institutning axborot resurslarini shakllantirishda faol ishtirok etish;

masofadan o‘qitishni tashkil etishda ishtirok qilish;

professor-o‘qituvchilarning axborot texnologiyalarni qo‘llash yo‘nalishidagi tajribalarini oshirishda ko‘maklashish;

doimiy va o‘zgaruvchan shaxsiy tarkibining lokal hamda global ta’lim resurslaridan foydalanishlarini ta’minlash; zamon talablariga mos dasturiy ta’minotlarni o‘rganish, lozim topilgan taqdirda sotib olish bo‘yicha takliflarni belgilangan tartibda Institut rahbariyatiga kiritish;

lokal tarmoqqa ulangan barcha foydalanuvchilariga tizimli ravishda yangilanib turuvchi antivirus bazalarini yuklab olish imkonini ta’minlash;

idoralararo axborot almashinuv tarmog‘ida apparat va dasturiy darajada axborotlarni himoyalash tadbirlarini amalga oshirish;

lokal tarmoq foydalanuvchilarini majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish, dasturiy va tarmoq ta’minoti konfiguratsiyalari va sozlamalarini belgilash;

Institutning rasmiy veb-saytini yuritishda zarur bo‘lgan shartnomalarni tuzish va tender tanlovlarini o‘tkazishda takliflar berish va ishtirok etish;

Institutning rasmiy veb-sayti dizaynini ishlab chiqish, dasturlash va texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlash;

Institutning rasmiy elektron pochtasini texnik jihatdan yuritish;

Axborot-ta’lim portalni boshqarish, rivojlantirish va ishlashini texnik jihatdan ta’minlash;

Axborot-ta’lim portalini o‘quv metodik baza, tashkiliy-normativ baza, axborot resurslar bazasi, videogalereya va hokazolar bilan to‘ldirilishi tegishli tarkibiy tuzilmalarga amaliy yordam bergan holda tashkillashtirish;

Institut lokal tarmog‘iga ulangan kompyuterlarni sozlashda ko‘maklashish;

kompyuterlarga o‘rnatilishi kerak bo‘lgan lokal tarmoqning normal ishlashini va xavfsizligini ta’minlaydigan kerakli dasturlarni axborot resurslariga joylashtirish;

Lokal tarmoqqa ulangan tarkibiy tuzilmalarga ajratilgan IP- manzillar bilan tegishli ishlarni amalga oshirish;

texnik jihozlar va radioaloqa vositalarining ish holati bo‘yicha bo‘limga yuklatilgan vazifa va funksiyalarning sifatli bajarilishini ta’minlash;

ta’lim jarayonidagi barcha texnik uskunalarning texnik holatini nazorat qilish;

o‘quv texnik vositalarning ilg‘or tajribalarini o‘rganish va uni amalda joriy etilishini tashkil etish;

o‘quv texnik vositalar va radioaloqa vositalarining ishlash muddati bo‘yicha ularning hisobini yuritib borish hamda saqlanishi va profilaktik ta’mirlash ishlarini amalga oshirib borish;

ma’ruza zallari va o‘quv sinflarida o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlarda o‘quv texnika vositalaridan foydalanishda metodik yordam ko‘rsatib borish;

oliy ta’lim muassasalari hamda chet el oliy ta’lim muassasalari bilan videokonferensiya orqali onlayn o‘qitishni tashkil etish;

Vazirlik raxbariyati bilan videokonferensiya aloqalarni tashkillashtirish;

Axborot tizimlari va resurslarini texnik xujjatlarini ishlab chiqish hamda ekspertizadan o‘tkazish;

Institutdagi server qurilmalari va undagi axborot tizimlarining doimiy ishlashi hamda ularda axborot xavfsizligini ta’minlash;

texnik holati bo‘yicha foydalanish muddati o‘tgan texnika vositalarini o‘rnatilgan tartibda moddiy hisobdan chiqarish.