<

Аxborot texnologiyalari sikli

 

Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti 2018-yil tashkil etilganida, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari kafedrasi tarkibiy tuzilma sifatida faoliyat ko‘rsata boshladi. 2018-yildan 2021-yilga qadar kafedraga texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent U.Sh.Xamrakulov rahbarlik qilgan. 2021-yil Malaka oshirish institutiga yuridik shaxs maqomi berilgandan so‘ng, kafedra Axborot texnologiyalari sikliga aylantirildi. Silk tarixida katta o‘qituvchi lavozimida Sh.E.Sheraliyev faoliyat olib borgan.

Bugungi kunda siklga E.E.Marupov rahbarlik qilmoqda. Shuningdek, siklda boy pedagogik va amaliy tajribaga ega professor-o‘qituvchilar, ya’ni sikl katta o‘qituvchilari: texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dotsent Y.B.Tashmanov, J.D.Risqaliyev hamda o‘qituvchilar: O.M.Boynazarov, A.A.Abdiraximovlar faoliyat olib borishmoqda.

Siklning asosiy maqsadi mamlakatimiz va xorijiy davlatlarning huquqni muhofaza qilish organlari to‘plagan ilg‘or tajribalar tinglovchilarga yetkazib borish, Respublikadagi kriminogen vaziyatni tahlil qilish va baholashning zamonaviy usullarini o‘rgatishdir.

Sikl professor-o‘qituvchilari barchasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil
20-maydagi 208-son qaroriga koʻra, axborot-kommunikatsiya texnologiyalar sohasidagi ixtisosliklar boʻyicha professional darajadagi xalqaro IT-sertifikatga ega, ayni vaqtda ilmiy salohiyati 20 foizga tengdir.

Axborot texnologiyalari sikli О‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti “Qо‘riqlashni muhandislik-texnik ta’minoti”, “Axborot texnologiyalari” kafedralari, Toshkent shahridagi Amity universiteti jumladan Axborot texnologiyalari, Kompyuter injiniringi kafedralari, Toshkent shahridagi Inha Universtitetining Kompyuter injiniring, Dasturiy injiniring kafedralari bilan memorandumlar asosida о‘quv, о‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlari, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash va ularning malakalalarini oshirish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.

Sikl professor-o‘qituvchilari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Intellektual mulk elektron davlat xizmatlari portalidan Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlarga 9 turdagi guvohnomalar olgan.

Sikli professor-o‘qituvchilari tomonidan “Elektron toʻlov tizimlаri”, “Ichki ishlar organlari faoliyatida joriy qilingan axborot tizimlari, resurslari hamda ma’lumotlar bazalari”, “Kiberxavfsizlik asoslari”, “Kriptovalyutalar bilan bog‘liq holatlarni analiz qilish”, “Ochiq ma’lumotlarga asoslangan tadqiqotlar” nomli o‘quv qo‘llanmalar chop etilgan. Tegishli sohaviy xizmat yo‘nalishlari bo‘yicha boshlang‘ich kasbiy tayyorgarlik, maxsus kasbiy tayyorgarlik, qayta tayyorlash va malakasini oshirish o‘quv kurslari uchun 16 turdagi o‘quv-uslubiy majmualar ishlab chiqilgan.

Axborot texnologiyalari sikli tashabbusi bilan Birlashgan millatlar tashkilotining “Transmilliy uyushgan jinoyatchilik, giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish va oldini olish” dasturi doirasida 10 dona statsionar kompyuter jamlanmasi va multimediya qurilmalari yordamida o‘quv sinfi tashkil etildi.

Kelgusida Axborot texnologiyalari sikli tomonidan rejalashtirilgan ishlar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 30-noyabr kunidagi “Raqamli mahsulotlar (xizmatlar) iste’molchilari huquqlarini himoya qilish va raqamli texnologiyalar vositasida sodir etiladigan huquqbuzarliklarga qarshi kurashishni kuchaytirish choralari to‘g‘risida”gi PQ-381-son qaroriga asosan Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida tezkor-qidiruv faoliyatini, tergovoldi tekshirishni, surishtiruv va dastlabki tergovni amalga oshiruvchi xodimlarni kiber jinoyatchilikga qarshi kurashish bo‘yicha qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarining o‘quv dasturlari hamda metodik materiallarni ilg‘or xalqaro tajriba asosida yaratish nazarda tutilgan.

Bugungi kunda dolzarb hisoblangan uchuvchisiz uchish apparati(dronlar)ni boshqarish va turli xil maqsadlarda foydalanish bo‘yicha to‘garaklarni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

Sikl professor-o‘qituvchilar tarkibining doimiy malakasini oshirish va amaliyot o‘tashlarini doimiy yo‘lga qo‘yish, ilmiy tadqiqot ishlarini amaliyot bilan bog‘lagan holda olib borish uchun xalqaro va respublika miqyosidagi grant dasturlarida ishtirok etishini muntazam ravishda ta’minlash ko‘zda tutilgan.

Axborot texnologiyalari professor-o‘qituvchilarini ilmiy-tadqiqot ishlarini qo‘llab-quvvatlash orqali sikl ilmiy salohiyatini 100 foizga yetkazish rejalashtirilgan.

Institut o‘quv jarayonini takomillashtirish yuzasidan ilg‘or innovatsion usul va yangiliklarni o‘quv jarayonlariga tadbiq etish, turli xil axborot tizimlarini yaratish, amaliyotga joriy etish va yaratilgan axborot tizimlarini texnik qo‘llab-quvvatlashdir.