O‘zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti Yuridik fanlar kafedrasi

 

Yuridik fanlar kafedrasi IIV Malaka oshirish institutining tarkibiy tuzilmasi bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-apreldagi “Ichki ishlar organlari uchun professional kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5076-son Qaroriga asosan tashkil etilgan.

Kafedraning asosiy maqsadi - tinglovchilarning huquqiy bilimlari, huquqiy savodxonligi, ko‘nikmalari va kasbiy mahoratlarini muntazam ravishda oshirib borish, xodimlarni huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beradigan, «Xalq manfaatlariga xizmat qilish»ni o‘z xizmat burchi deb biladigan xodimlarni boshlang‘ich, maxsus, kasbiy tayyorgarlik, qayta tayyorlash va malakasini oshirishdan iborat.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va xalqaro huquq normalari asosida tinglovchilarining huquqiy bilimlarini doimiy ravishda oshirib borish va boshlang‘ich, maxsus kasbiy tayyorgarlik, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek huquq sohasidagi mavjud muammolarga oid fundamental va ilmiy tadqiqotlar olib borishdan iborat.

Kafedraning vazifalari:

Ø     Modul tizimi va o‘qitishning innovatsion metodlari hamda ilg‘or pedagogik texnologiyalarni rivojlantirish, o‘quv jarayonida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo‘llash, tinglovchilarni global axborot-huquqiy va ta’lim resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek masofaviy ta’limni joriy etish;

Ø     Ichki ishlar organlariga xizmatga birinchi marta qabul qilingan xodimlarni boshlang‘ich, maxsus kasbiy tayyorgarlik, navbatdagi maxsus unvonlarni olish uchun ularni o‘qitish jarayonida huquqiy bilimlar bilan qurollantirish, huquq sohasidagi yangiliklar, qonunchilikdagi o‘zgartish va qo‘shimchalardan boxabar qilish, zamonaviy va ilg‘or amaliy tajribalaridan kelib chiqqan holda tinglovchilarda tanlangan mutaxassislik va egallagan lavozimi bo‘yicha xizmat vazifalarini samarali bajarish imkonini beradigan huquq sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish;

Ø     tinglovchilarda yuksak huquqiy madaniyat va kasbiy mahoratning shakllanishiga qaratilgan o‘quv tayyorgarliklarni amalga oshirish;

Ø     respublikada o‘tkazilayotgan islohotlar, ichki ishlar organlari va sohaviy xizmat faoliyatlariga oid qonunchilikdagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar asosida xalqaro standartlar talablariga javob beradigan xodimlarni o‘quv tayyorgarligini tashkil qilish;

Ø     xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribasini, ta’limning zamonaviy interaktiv shakl va usullarini joriy qilish orqali ichki ishlar organlari oldida turgan vazifalarni hal qilishga amaliy yo‘naltirgan holda o‘quv jarayonini uzluksiz takomillashtirib borish;

Ø     o‘quv jarayonini samarali tashkil etish maqsadida IIVning tegishli sohaviy xizmatlari, Institutning boshqa kafedra, sikllari hamda tarkibiy tuzilmalari bilan hamkorlik qilish;

Ø     ichki ishlar organlari faoliyatida mavjud muammolarga oid fundamental va amaliyotga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, tadqiqotlar natijalari asosida qonunchilik hamda huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqish hamda joriy etish choralarini ko‘rish;

Ø     kafedraning moddiy-texnik bazasini zamonaviy talablar va standartlarga muvofiq mustahkamlash va yangilab borish.