<

Tinglovchining huquq va majburiyatlari

  • Tinglovchi o‘z davlati va Konstitutsiyasiga va qonunlariga qat’iy rioya qilishga, Nizom va buyruqlar talablarini bajarishga, nazariy va amaliy bilimlarni muntazam egallashga, o‘z o‘quvi va kasbiy mahoratini takomillashtirishga, yurish-turish odobi qoidalariga rioya qilishga va harbiycha salom berishni bajarishga, har doim rusum bo‘yicha, ozoda va saranjom kiyinishga;
  • Xizmat faoliyatida zarur hisoblangan nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarni chuqur o‘zlashtirish, o‘z qobiliyatini rivojlantirish, mustaqil ravishda bilimlarini oshirish va ularni amaliyotda qo‘llash malakalarini ishlab chiqish, barcha turdagi o‘quv topshiriqlarini muddatlarda bajarish;
  • Madaniy saviyasini oshirish, sog‘lig‘ini mustahkamlash, o‘zini haq-huquqini himoya qilishga, har qanday sharoitda xavfsizlikni va tinchlik-osoyishtalikni ta’minlashga tayyor turishga;
  • Institutning mol-mulkini ehtiyot qilish, tozalik va tartibni saqlash, o‘z-o‘zini ta’minlash bo‘yicha zaruriy ishlarni bajarish, kundalik naryadni o‘tash paytida xizmat vazifalarini vijdonan bajarish;
  • Xizmat xavfsizligi talablariga, kasallanish, jarohat orttirish va kuyishdan ogohlantirish talablariga rioya qilishi, har kuni jismoniy chiniqishi va mashqlarni takomillashtirishi, zararli odatlardan (chekish va ichkilik ichishdan) tiyilishi;
  • Institut oshxonasida tayyorlanadigan oziq-ovqat mahsulotlarining xarajatlarini qoplash uchun belgilangan to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishga;
  • O‘ziga yuklatilgan majburiyatlarni ijro etishiga ta’sir ko‘rsatgan barcha voqealar to‘g‘risida, unga berilgan tanbehlar haqida va o‘zaro munosabatlarda Nizom va buyruq talablarining belgilangan qoidalari buzilganda, zudlik bilan tartib o‘rnatish choralarini ko‘rishi hamda o‘zining bevosita boshlig‘iga bildiruv berishga majburdir.