Jangovar va jismoniy tayyorgarlik sikli

KTF, Jangovar va jismoniy tayyorgarlik siklining maqsadi - Kasbiy tayyorgarlik fakultetiga maxsus tayyorgarlikka kelgan tinglovchilar tarkibi xodimlarini maxsus rejalarda vazifalarni samarali bajarishlari uchun maxsus taktik tayyorgarlik bo‘yicha bilimlarini oshirish, o‘q otar qurollardan foydalanish, qo‘llash va xizmat ko‘rsatishni o‘rgatish, saf amallarini o‘rgatish, ularning jangovar tayyorgarligini oshirish, chuqurlashtirish hamda ko‘nikma va mahoratlarini doimiy ravishda yuksaltirib borilishini o‘quv yig‘inlarida uzluksiz ta’minlash va xodimlarni boshlang‘ich kasbiy tayyorlash, maxsus kasbiy tayyorlash, kayta tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek ichki ishlar organlari faoliyatida mavjud bo‘lgan muammolarga oid fundamental va ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish va tinglovchilarning jismoniy tayyorgarligi darajasini oshirish hamda o‘zini himoya qilish va qo‘lga olish usullari bo‘yicha ko‘nikma va mahoratlarini doimiy ravishda yuksaltirib borilishini o‘quv yig‘inlarida uzluksiz ta’minlash;

Tinglovchilarni boshlang‘ich kasbiy tayyorlash, maxsus kasbiy tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;

         KTF, Jangovar va jismoniy tayyorgarlik siklining  vazifalari:

respublikamizda o‘tkazilayotgan islohotlar va zamonaviy xalqaro standartlarning yuksak talablariga javob beradigan tegishli sohaviy xizmat yo‘nalishlari bo‘yicha safdor, serjant va ofitser xodimlarini boshlang‘ich tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishlarini ta’minlash;

modul tizimi va o‘qitishning innovatsion metodlari va pedagogik texnologiyalarini rivojlantirish, o‘quv jarayonida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo‘llash, malaka oshiruvchilar, o‘qituvchilarni global axborot-huquqiy va ta’lim resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek masofaviy ta’limni joriy etish;

ichki ishlar organlarining amaliy vazifalarini hal etishga maksimal yaqinlashgan holda ilg‘or xorijiy tajribalarga tayanib xodimlarni boshlang‘ich tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning zamonaviy shakl va uslublari asosida o‘quv jarayonini uzluksiz takomillashtirib borish;

ichki ishlar organlari xodimlarining uzluksiz ta’lim tizimida bilimlarini oshirish va chuqurlashtirish;

professor-o‘qituvchilar tarkibini yuqori darajada kasbiy pedagogik mahoratga, shuningdek katta amaliy ish tajribasiga ega mutaxassislar bilan jamlash, ularning malakasini oshirish choralarini ko‘rish;

o‘quv jarayonini samarali tashkil etish maqsadida boshqa oliy ta’lim muassasalari va davlat organlari, shu jumladan xorijiy davlatlardan malakali mutaxassislarni shartnoma asosida jalb etish bo‘yicha takliflar kiritish;

professor-o‘qituvchilarning kasb mahoratini va ilmiy salohiyatini oshirish;

respublikaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari va xorijiy davlatlarning turdosh ta’lim muassasalarining kafedralari tajribalarini o‘rganish va ular bilan hamkorlik qilish;

Axborot-resurs markazi fondini o‘quv, ilmiy va boshqa adabiyotlar, shu jumladan xorijiy adabiyotlar bilan muntazam yangilab borishga ko‘maklashish;

moddiy-texnik bazani zamonaviy talablar asosida jihozlash va takomillashtirib borish bo‘yicha takliflar berish;

tinglovchilarning o‘zlashtirish darajasini va tayyorgarlik sifatini nazorat qilish;

tinglovchilarning intellektual, madaniy, ma’naviy va ma’rifiy kamol topishiga bo‘lgan talab-ehtiyojlarini ro‘yobga chiqarish hamda kasbiy yuksalishi va mukammallikka erishishi uchun shart-sharoitlar yaratish;

qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ish yuritishni ta’minlash;

xodimlarni boshlang‘ich tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha davlat talablari, malaka talablari, o‘quv reja va o‘quv dasturlarini ishlab chiqish;

xodimlarni boshlang‘ich tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish masalalari bilan bog‘liq normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etishdan iborat.