Maxsus fanlar sikli

 

O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakulteti Maxsus fanlar sikli, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021yil 15 apreldagi "Ichki ishlar organlari uchun professional kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-5076-son qarori asosida tashkil etilgan.

Maxsus fanlar siklining maqsadi ichki ishlar organlari xodimlarini  ichki ishlar organlarida mustaqil kasbiy faoliyatga tayyorlash, shuningdek ularning zarur kasbiy bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish va takomillashtirishga qaratilgan maxsus kasbiy tayyorgarligini amalga oshirishdir.

Siklning asosiy vazifalari:

amaliy faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash;

tinglovchilarda vaziyatni malakali baholash, aniq va to‘g‘ri qarorlar qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish;

tinglovchilarni mutaxassislik bo‘yicha kasbiy tayyorlash;

tinglovchilarning faol va ijodiy fikrlash qobiliyatini shakllantirish;

tinglovchilarni qonunlarga hurmat, insonparvarlik, O‘zbekiston Respublikasi xalqiga xolis va samimiy xizmat qilish ruhida tarbiyalash;

o‘quv jarayoni samaradorligini, o‘quv fanlarini o‘qitishning nazariy va uslubiy darajasini muntazam oshirib borish, huquqni muhofaza qilish organlarining ilg‘or tajribalaridan foydalangan holda mutaxassislar tayyorlash sifatini doimiy ravishda oshirish;

pedagogik mahoratni muntazam oshirib borish, respublika va xorijiy mamlakatlarning etakchi oliy ta’lim muassasalarining pedagogik texnologiyalarini, interfaol o‘qitish usullarini o‘rganish, shuningdek, olingan tajribani o‘quv jarayonida qo‘llash.

O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakultetida ta’lim olib boriladigan mutaxassisliklar:

Yo‘l-patrul faoliyati;

Pasport tizimini ta’minlash;

Jamoat tartibini saqlash faoliyati;

Jazoni ijro etish faoliyati;

Tarbiyaviy faoliyat;

Maxsus operatsiyalarni amalga oshirish faoliyati;

Mamuriy-xo‘jalik taminoti.