O‘zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti O‘quv-uslubiy bo‘limi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi, “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil
15-apreldagi “Ichki ishlar organlari uchun professional kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi
PQ ‒ 5076-son Qarori hamda Ichki ishlar vazirligining 2021-yil 27-avgustdagi
“Ichki ishlar organlarida uzluksiz o‘quv-karera jarayoni tizimini tashkil etish to‘g‘risida”gi 310-son buyrug‘iga muvofiq tashkil etadi va amalga oshiradi.
O‘quv-uslubiy bo‘limning asosiy maqsadi - uzluksiz o‘kuv-karera jarayoni tizimi asosida kunduzgi ta’lim, masofaviy va mobil sayyor kurslarda tinglovchilar uchun barcha turdagi o‘quv mashg‘ulotlarini samarali tashkil etish va o‘tkazishdan iborat.
O‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i etib, mayor Isayev Laziz Raximjanovich tayinlangan.
O‘quv-uslubiy bo‘limning asosiy vazifalari:
Institut va uning filiallarida o‘quv jarayoni ichki ishlar organlarining uzluksiz o‘quv-karera jarayoni tizimi, davlat ta’lim talablari, malaka talablari, o‘quv reja va dasturlar talablari, shuningdek, Institutning Ustavi va yo‘riqnoma asosida amalga oshirish;
ichki ishlar organlari uchun professional kadrlarni tayyorlash;
o‘quv jarayonini rejalashtirish va o‘quv kurslarni tashkil etish;
o‘quv reja hamda dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha ishlarini maqsadli va muvofiqlashtirilgan tarzda ta’minlash;
o‘quv yuklamalarini tuzish, uni bajarilishini nazorat va tahlil qilish;
yangi o‘quv rejalari ishlab chiqilishini tashkil etish;
yangi pedagogik texnologiyalarni o‘quv jarayoniga joriy etish;
professor-o‘qituvchilarning taqsimoti hamda o‘quv modullari bo‘yicha mavzular rejalarini tuzish;
oraliq va yakuniy nazorat hamda Yakuniy attestatsiya komissiyasi jadvallarini tuzish;
o‘quv yiliga mo‘ljallanganish rejasini tuzish;
o‘quv jarayonining jadvalini ishlab chiqish;
pedagogik nazorat va mashg‘ulotlarga o‘zaro qatnashish hamda ochiq mashg‘ulotlar jadvallarini tuzish;
mustaqil ta’limning samarali tashkil etilishini ta’minlash.