<

Axborot-resurs markazi

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti Axborot-resurs markazi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi, “Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida”gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 iyundagi 4354-son “O‘zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishni yanada takomillashtirish to‘g‘risidagi” qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining normativ huquqiy hujjatlari, Institut Ustavi, Institut boshlig‘ining buyruq va farmoyishlari hamda Axborot - resurs markazi Nizomiga asosan tashkil etadi va amalga oshiradi.

Axborot-resurs markazining asosiy maqsadi - ichki ishlar organlari xodimlarini boshlang‘ich, kasbiy va qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirishda axborot kutubxona xizmatini ko‘rsatishdan iborat.

Axborot-resurs markazining asosiy vazifalari -  ichki ishlar organlari xodimlari, professor-o‘qituvchilar va tinglovchilarning axborotga bo‘lgan talablariga muvofiq har qanday fonddan keng foydalangan holda yangi axborot texnologiyalari asosida foydalanuvchilarga zarur darajada axborot xizmati ko‘rsatish;

- foydalanuvchilarning ongiga milliy istiqlol g‘oyasining mazmunini singdirish, ularning siyosiy, huquqiy madaniyatini shakllantirish, kasbiy mahorati, ma’naviyati va Vatanga muhabbat hissini oshirishga yordam beruvchi adabiyotlarni targ‘ib qilish;

- kutubxona-axborot madaniyatini tarbiyalash, foydalanuvchilarga axborot qidirishning zamonaviy metodlarini o‘rgatish;

- foydalanuvchilarning axborotga bo‘lgan ehtiyojlariga muvofiq kerakli ma’lumot to‘plangan material, badiiy va maxsus adabiyot, davriy nashrlar bilan fondni to‘ldirib turish.