Siklning maqsadi:
- Ichki ishlar organlari safdor, serjant va ofitserlar tarkibi xodimlarining jismoniy tayyorgarligi darajasini oshirish hamda o‘zini himoya qilish va qo‘lga olish usullari bo‘yicha ko‘nikma va mahoratlarini doimiy ravishda yuksaltirib borilishini o‘quv yig‘inlari davomida uzluksiz ta’minlash;
- xodimlarni boshlang‘ich kasbiy tayyorlash, maxsus kasbiy tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
- ichki ishlar organlari faoliyatida mavjud bo‘lgan muammolarga oid fundamental va ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish.
Siklning vazifalari:
- respublikamizda o‘tkazilayotgan islohotlar va zamonaviy xalqaro standartlarning yuksak talablariga javob beradigan tegishli sohaviy xizmat yo‘nalishlari bo‘yicha safdor, serjant va ofitser xodimlarini boshlang‘ich tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishlarini ta’minlash;
- modul tizimi va o‘qitishning innovatsion metodlari va pedagogik texnologiyalarini rivojlantirish, o‘quv jarayonida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo‘llash, malaka oshiruvchilar, o‘qituvchilarni global axborot-huquqiy va ta’lim resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish;
- ichki ishlar organlarining amaliy vazifalarini hal etishga maksimal yaqinlashgan holda ilg‘or xorijiy tajribalarga tayanib xodimlarni boshlang‘ich tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning zamonaviy shakl va uslublari asosida o‘quv jarayonini uzluksiz takomillashtirib borish;
- ichki ishlar organlari xodimlarining uzluksiz ta’lim tizimida bilim va ko‘nikmalarini oshirish va chuqurlashtirish;
- xodimlarga kelgusidagi amaliy ish faoliyatlarida zarur jismoniy sifatlarga ega bo‘lishlarini ta’minlash, xizmat vazifalarini bajarishda, ya’ni huquqbuzarlarni qo‘lga olishda qo‘l jangi, sambo va kurash usullarini to‘g‘ri qo‘llay bilish ko‘nikmalarini takomillashtirish;
- xodimlarga turli sharoitlarda qurol bilan hujum qilinganda o‘zini himoya qilish usullarini qo‘llashni, ushlangan tartibbuzarni tashqi tintuvdan o‘tkazish va konvoy qilish usullarini o‘rgatish;
- professor-o‘qituvchilarning kasb mahoratini va ilmiy salohiyatini oshirish;
- respublikaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari va xorijiy davlatlarning turdosh ta’lim muassasalarining kafedralari tajribalarini o‘rganish va ular bilan hamkorlik qilish;
- xodimlarni boshlang‘ich tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha davlat talablari, malaka talablari, o‘quv reja va o‘quv dasturlarini ishlab chiqish;
- xodimlarni o‘quv-tarbiya masalalari bilan bog‘liq normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etishdan iborat.