Kasbiy tayyorgarlik yo‘lidagi navbatdagi qadam

30.09.2025 20 marta ko'rilgan

Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining Olmaliq shahridagi o‘quv bazasida Kasbiy tayyorgarlik fakultetida navbatdagi bitiruvchilar uchun tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, tinglovchilar hamda soha vakillari ishtirokida yuqori ruhda tashkil etildi.

Bitiruv tadbirida ta’kidlanganidek, ushbu fakultetda o‘qish davomida tinglovchilar zamonaviy talablar asosida tayyorgarlikdan o‘tdilar, nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliy ko‘nikmalarni ham mustahkamladilar. Bu esa ularning ichki ishlar tizimidagi faoliyatlarida yuqori samara berishi shubhasiz.

Tadbirda Malaka oshirish instituti rahbariyati tomonidan so‘zga chiqqanlar ta’lim jarayonida tinglovchilar tomonidan namoyon etilgan intizom, mas’uliyat va faollikni alohida e’tirof etdilar. Shuningdek, ularga institut nomidan bitiruv diplomlari tantanali ravishda topshirildi.

Tinglovchilar ham o‘z navbatida ustoz va murabbiylarga minnatdorlik bildirib, kelgusida ham Vatanga sadoqat bilan xizmat qilishlarini ta’kidladilar.

Marosim bayramona va ko‘tarinki ruhda o‘tib, ishtirokchilarda chuqur taassurot qoldirdi. Bu kabi tadbirlar soha xodimlarini ruhlantirish, ularni yanada bilimli va malakaga ega kadrlar sifatida tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

 

Institut Matbuot xizmati