Malaka oshirish – xizmat samaradorligining poydevori

30.09.2025 1 marta ko'rilgan

Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida navbatdagi “podpolkovnik” maxsus unvonini berish uchun maxsus malaka oshirish, ofitserlik lavozimiga tayinlash uchun qayta tayyorlash o‘quv kurslari yakunlanishi munosabati bilan bitiruv tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

O‘quv kursida nazariy va amaliy mashg‘ulotlar professor-o‘qituvchilar va sohaviy xizmatlarning tajribali amaliyot xodimlari tomonidan zamonaviy axborot kommunikasiya texnologiyalarini qo‘llagan holda interfaol usullarda davra suhbati, bahs-munozara, seminar-trening, amaliy mashg‘ulot shaklida olib borildi.

Mashg‘ulotlarda tinglovchilarning kasbiy, huquqiy, ijtimoiy-siyosiy, jangovar-jismoniy, ruhiy, tibbiy tayyorgarligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, dam olish kunlari “Ichki ishlar organlari tarixi muzeyi”, “Shahidlar hiyoboni”, “G‘alaba” va “Yangi O‘zbekiston”  bog‘lariga ekskursiyalar tashkil etildi.

Tadbirda tinglovchilarga belgilangan shakldagi sertifikatlar topshirildi.

 

Institut Matbuot xizmati