Tinglovchilari o‘rtasida “Milliy kurash” sport musobaqasini o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti tinglovchilari o‘rtasida “Milliy kurash” sport musobaqasini o‘tkazildi. Musobaqada institutning Bektemir tumani bazasida Ichki ishlar organlari safdor va serjantlar tarkibidan ofitserlik lavozimlariga tayinlash uchun qayta tayyorlash o‘quv kursining 62 nafar tinglovchisi ishtirok etdi.
73 kg vazn toifasida III - o‘rinlarni 2-guruh tinglovchisi safdor Shaxzod Ergashev, 4-guruh tinglovchisi safdor Shomurod O‘rishov, II – o‘rinni 2-guruh tinglovchisi safdor G‘ulomjon Zokirov, I - o‘rinni 2-guruh tinglovchi safdor Ibrohim Maxmudov egalladi.
81 kg vazn toifasida III – o‘rinlarni 1-guruh tinglovchisi safdor Shavkat Ergashev, 2-guruh tinglovchisi safdor Kutlimurod Jumamuratov, II - o‘rinni 7-guruh tinglovchisi safdor Sherali Madraximov, I - o‘rinni 7-guruh tinglovchisi kichik serjant Shahriddin Qurbonov qo‘lga kiritdi.
+90 kg vazn toifasida III - o‘rinlar 5-guruh tinglovchisi safdor Sardor Karimov, 1-guruh tinglovchisi safdor Dilshod Abdushukurov, II – o‘rin 1-guruh tinglovchisi katta serjant G‘iyosiddin Anorboyev, I - o‘rinni 2-guruh tinglovchisi safdor Akbar Qodirovlarga nasib etdi. Musobaqaning eng faol ishtirokchisi 7-guruh tinglovchisi serjant Olim Baratov deb topildi.
G‘oliblar munosib taqdirlandilar.
Jismoniy tayyorgarlik sikli