Mudofaa vazirligi va Ichki ishlar vazirligi hamkorligidagi qo‘shma kurslar muvaffaqiyatli yakunlandi

27.09.2025 1 marta ko'rilgan

Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida “Ichki ishlar organlarining barcha darajadagi bo‘lim boshliqlari, tuman (shahar, tarmoq) IIO boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimga tayinlash uchun, “podpolkovnik” hamda “mayor” maxsus unvonini berish uchun malaka oshirish kurslari hamda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Harbiy kadrlar tayyorlash boshqarmasi va Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti bilan tasdiqlangan qo‘shma “O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Harbiy avtomobil nazorati inspeksiyasi harbiy xizmatchilar malakasini oshirish o‘quv kursi”ning o‘quv dasturi asosida Harbiy avtomobil nazorati inspeksiyasi harbiy xizmatchi xodimlari bilan navbatdagi o‘quv kurslari yakunlandi.

O‘quv kursida nazariy va amaliy mashg‘ulotlar professor-o‘qituvchilar va sohaviy xizmatlarning tajribali amaliyot xodimlari tomonidan zamonaviy axborot kommunikasiya texnologiyalarini qo‘llagan holda interfaol usullarda davra suhbati, bahs-munozara, seminar-trening, amaliy mashg‘ulot shaklida olib borildi.

Tadbirda tinglovchilarga belgilangan shakldagi sertifikatlar topshirildi.

Institut Matbuot xizmati