Navbatdagi Ilmiy kengash muhokamasi
Kuni kecha Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti majlislar zalida institut Ilmiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Uni institut boshlig‘i, Ilmiy kengashi raisi t.f.n., professor, polkovnik Olimjon Axmedov olib bordi. Yig‘ilishda Ilmiy kengash a’zolari, professor-o‘qituvchilar hamda ilmiy xodimlar ishtirok etdi.
Kun tartibiga qo‘yilgan masalalar bo‘yicha professor-o‘qituvchilar tomonidan taqdim etilgan o‘quv-uslubiy majmualar va o‘quv qo‘llanmalar muhokama etildi.
Institut Maxsus-kasbiy fanlar kafedrasi, Kasbiy tayyorgarlik fakulteti Maxsus fanlar sikli va Halqaro hamkorlik guruhi tomonidan joriy yilning o‘tgan davri mobaynida amalga oshirgan ishlari va kelgusidagi istiqboli rejalari ko‘rib chiqildi.
Muhokamaga qo‘yilgan masalalar bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar to‘g‘risida qarorlar qabul qilindi.
Institut Matbuot xizmati