Beg‘araz donorlik

22.09.2025 1 marta ko'rilgan

Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti shaxsiy tarkibi orasida beg‘araz donorlik faoliyatini tashkil etish, qon preparatlari zahirasini yangilab borilishiga hissa qo‘shish maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligi respublika qon quyish markazining donorlik sayyor guruhi taklif etildi.  

Beg‘araz donorlik tadbirida ishtirok etishni xohlovchi xodimlar belgilangan tartibda tibbiy tekshiruvlardan o‘tkazilganidan so‘ng, qon topshirishga qarshi ko‘rsatmalar aniqlanmagan xodimlardan qon olindi.

Tadbirda 60 nafardan ziyod professor-o‘qituvchilar, xodimlar va tinglovchilar ishtirok etdi.

 

Institut Matbuot xizmati