Olmaliq o‘quv bazasida fuqarolar va IIO o‘rtasidagi muammoli vaziyatlar muhokama qilindi
Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Olmaliq o‘quv bazasida Kasbiy tayyorgarlik fakulteti tinglovchilari ishtirokida “Fuqarolar va ichki ishlar organlari faoliyatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammoli vaziyatlardan samarali chiqib ketishning usullari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda PROFI universiteti katta o‘qituvchisi, psixolog Sh.T. Sultanova, fakultet o‘qituvchilari, xodimlari va tinglovchilar ishtirok etib, amaliy faoliyatda duch kelinishi mumkin bo‘lgan murakkab holatlar, ularni hal etishda huquqiy, axloqiy va psixologik yondashuvlar muhokama qilindi.
Davra suhbati davomida muammoli vaziyatlarni bartaraf etishda xodimlarning psixologik barqarorligi, muloqot madaniyati, huquqiy bilimlari va tezkor qaror qabul qilish qobiliyati muhim omil ekani alohida ta’kidlandi.
Shuningdek, ishtirokchilar tomonidan mavzu yuzasidan savol-javoblar, amaliy misollar va vaziyatli tahlillar o‘tkazilib, fikr almashildi.
Tadbir so‘ngida tinglovchilarga bunday uchrashuvlar xizmat faoliyatida samaradorlikni oshirishga xizmat qilishi qayd etildi.
Institut Matbuot xizmati