Nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlandi
Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Olmaliq shahar bazasida Kasbiy tayyorgarlik fakultetida tahsil olayotgan tinglovchilari bilan “Maxsus vositalar va o‘q otar qurollarning jangovar xususiyatlari, taktik-texnik tavsiflari va qo‘llanishining huquqiy asoslari hamda shartlari” mavzusi bo‘yicha IIV Maxsus operatsiyalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi Toshkent viloyati tezkor vazifalarni bajarish safarbarlik otryadi xodimi A.S. Mirzayev va A.K.Toshtemirovlar tomonidan ko‘rgazmali amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Mashg‘ulotda fakultetning 68 nafar tinglovchilari hamda jangovar va jismoniy tayyorgarlik sikli professor-o‘qituvchilari X.M. Akrambayev,
I.N. Butayev va X.N.O‘rinxojayevlar ishtirok etdi.
Amaliy va ko‘rgazmali mashg‘ulotda tinglovchilar maxsus vositalar va o‘q otar qurollarning jangovar xususiyatlari, taktik-texnik tavsiflari va qo‘llanishining huquqiy asoslari borasidagi nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlandi.
Институт Матбуот хизмати