Kasbiy tayyorgarlik fakultetida ko‘rgazmali amaliy mashg‘ulot
Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Olmaliq shahar bazasidagi Kasbiy tayyorgarlik fakulteti tinglovchilari bilan “Portlovchi modda va qurilmalarni aniqlash, zararsizlantirish va yo‘q qilish hamda shubhali buyumlar aniqlanganda IIO xodimlarining birlamchi harakatlari” mavzusida amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.
Mashg‘ulot O‘zbekiston Respublikasi IIV Maxsus operatsiyalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi Toshkent viloyati maxsus otryadi bosh mutaxassisi mayor S.A. Raxmanov va katta mutaxassis kapitan B.N. Kaniyazov tomonidan olib borildi.
Unda “Maxsus operatsiyalarni amalga oshirish faoliyati” yo‘nalishida tahsil olayotgan 68 nafar tinglovchi, shuningdek, Jangovar va jismoniy tayyorgarlik sikli professor-o‘qituvchilari podpolkovnik X.M. Akrambayev, mayor I.N. Butayev va mayor X.N. O‘rinxojayev ishtirok etdi.
Tadbirning maqsadi – tinglovchilarda xizmat faoliyatida portlovchi moslama va shubhali buyumlar aniqlanganda zarur nazariy bilim hamda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat.
Institut Matbuot xizmati