Migratsiya va personallashtirish faoliyatida amalga oshirilayotgan islohotlar

20.09.2025 1 marta ko'rilgan

Hozirgi kunda Vazirlik Malaka oshirish instituti Olmaliq o‘quv bazasida Kasbiy tayyorgarlik fakultetining Pasport tizimini taʼminlash” mutaxassisligi yo‘nalishida 46 nafar tinglovchilar o‘qitilmoqda. Ularning kasbiy bilimlarini rivojlantirish maqsadida muntazam ravishda amaliyotdagi malakali mutaxassislar ishtirokida uchrashuvlar o‘tkazib kelinmoqda.

Jumladan tinglovchilar bilan Vazirlik Malaka oshirish instituti Olmaliq o‘quv bazasida KTF Maxsus-fanlar sikli katta o‘qituvchisi dotsent, O‘tkirbek Otayev va Toshkent shahar IIBB MvaPB, muhim topshiriqlar bo‘yicha inspektori podpolkovnik Abduhalik Raziqovlar tomonidan Migratsiya va personallashtirish faoliyatida amalga oshirilayotgan islohotlar” mavzusida davra suhbati o‘tkazishdi.

Mashg‘ulotda joriy yilning 10-iyul kunidagi “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini, chet el fuqarolarini hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni yashash joyi va turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida” qonuni mazmun-mohiyati, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini, chet el fuqarolarini hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni yashash joyi va turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi qonunchilik to‘g‘risida maʼlumotlar berildi.

Институт  Матбуот хизмати