Harbiy avtomobil nazorati inspeksiyasi xodimlarining bilim va ko‘nikmalari mustahkamlanmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Harbiy kadrlar tayyorlash boshqarmasi va Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti bilan tasdiqlangan qo‘shma “O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Harbiy avtomobil nazorati inspeksiyasi harbiy xizmatchilar malakasini oshirish o‘quv kursi”ning o‘quv dasturi asosida Harbiy avtomobil nazorati inspeksiyasi harbiy xizmatchi xodimlari bilan navbatdagi o‘quv kurslari bo‘lib o‘tmoqda.
Mashg‘ulotlarga amaliyot xodimlari jalb etilib, nazariya va amaliyot bog‘langan holda olib borilyapti. Navbatdagi mashg‘ulot Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi masʼul xodimlari tomonidan o‘tkazildi.
Tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga kerakli javoblarni olishdi. Mashg‘ulot qizg‘in, baxs-munozarali tarzda o‘tkazildi.
Institut Matbuot xizmati