Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasidagi islohotlar
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Kasbiy tayyorgarlik fakultetida “Pasport tizimini taʼminlash” yo‘nalishida tahsil olayotgan tinglovchilar bilan “Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasidagi islohotlar” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda KTF boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Z.Xasanov, sikl o‘qituvchisi, podpolkovnik N.Meliqulov, Ohangaron tuman IIB M va FRB boshlig‘i, podpolkovnik I.Xatamov va Ohangaron shahar IIB M va FRB boshlig‘i, katta leytenant B.Karimovlar ishtirok etdilar.
Davra suhbati davomida tinglovchilarga migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasi bo‘yicha yurtimizda amalga oshirilayotgan salmoqli ishlar to‘g‘risida maʼlumotlar tushuntirildi. Tinglovchilarning savollariga mutaxassislar tomonidan javoblar berildi.
Institut Matbuot xizmati




