Zo‘ravon ekstremizmning oldini olish
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) hamkorligi doirasida “O‘zbekistonda zo‘ravon ekstremizmning oldini olish: gender va yoshlar bilan bog‘liq masalalar” navbatdagi o‘quv kursi bo‘yicha IIOning barcha darajadagi bo‘lim boshliqlari, tuman (shahar, tarmoq) ichki ishlar organlari boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimiga tayinlash uchun malaka oshirish o‘quv kursi tinglovchilariga Yuridik fanlar kafedrasi dotsenti, podpolkovnik X.X.Baxramov tomonidan “7-sessiya: O‘zbekistondagi zo‘ravon ekstremizmning oldini olish asoslari” mavzusida fakultativ mashg‘ulot o‘tkazildi.
Ushbu sessiyada tinglovchilar O‘zbekiston Respublikasida zo‘ravon ekstremizmning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan davlat siyosati va huquqiy asoslar bilan batafsil tanishdilar.
O‘quv mashg‘ulotida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish tamoyillari, “Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida”gi Qonun, “Ekstremizmga qarshi kurash to‘g‘risida”gi Qonun va tegishli qonunosti hujjatlar, Milliy xavfsizlik konsepsiyasi va sohaviy strategiyalar bo‘yicha ma’lumotlar tushuntirildi.
Tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga kerakli javoblarni olishdi. Mashg‘ulot qizg‘in, baxs-munozarali tarzda o‘tkazildi.
Institut Matbuot xizmati