School 21 da “Ochiq eshiklar kuni”: Malaka oshirish instituti tinglovchilari zamonaviy IT ta’lim jarayoni bilan tanishdilar

17.09.2025 1 marta ko'rilgan

Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Axborot texnologiyalari sikli xodimlari hamda Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmalari tarkibidagi Axborot texnologiyalari sohasida jinoyatlarni oldini olish bo‘linmalari xodimlarini kasbiy qayta tayyorlash o‘quv kursi tinglovchilari School 21 raqamli texnologiyalar maktabida tashkil etilgan “Ochiq eshiklar kuni” tadbirida ishtirok etdilar.

Tadbir davomida School 21 ta’lim jarayoni, IT bozoridagi zamonaviy kasblar va ularga qo‘yilayotgan talablar haqida batafsil ma’lumot berildi. Tinglovchilar innovatsion yondashuvlar, mustaqil va jamoaviy ishlash usullari bilan yaqindan tanishdilar.

Shuningdek, ular zamonaviy infratuzilma va yaratilgan sharoitlarni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rib, IT bozorining talab va raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash mexanizmlari yuzasidan muhokamalarda faol ishtirok etdilar.

 

 

Institut Matbuot xizmati