Koreya Respublikasi Sud ekspertizasi va tibbiyot instituti delegatsiyasi ichki Ishlar vazirligining Malaka oshirish institutiga tashrif buyurdi

28.12.2023 1 marta ko'rilgan

     Shu kunlarda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida Koreya Respublikasi Sud ekspertizasi va tibbiyot instituti direktori So Jungsok boshchiligidagi delegatsiya vakillari tashrif buyurib turibdi.

     Tashrif davomida Oʻzbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi oʻrtasidagi alohida strategik sheriklik munosabatlarini hamda IIV xodimlarining malakasini oshirish maqsadida “Sogʻliqqa qarshi qaratilgan jinoyat va huquqbuzarliklarning oqibatlarini bartaraf etishda politsiya organlari xodimlari faoliyatini tashkil etish” mavzusida seminar trening mashgʻulotlari boʻlib oʻtmoqda.

IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati