Qo‘shma qarorga muvofiq inspektor-psixologlar bilan tashkil etilayotgan o‘quv-mashg‘ulotlari davom ettirilmoqda
Ichki ishlar vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 15-avgustdagi qo‘shma qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Namangan viloyati ichki ishlar organlariда xizmat olib borayotgan voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologlarining ta’lim-tarbiya sohasiga oid bilim saviyasi va ko‘nikmalarini yanada oshirish maqsadida Namangan davlat universitetida tashkil etilgan o‘quv-mashg’ulotlari davom ettirilmoqda.
Jumladan, universitetning professor-o‘qituvchilari tomonidan olib borilayotgan mashg‘ulotlar IIV Malaka oshirish instituti masul xodimi tomonidan o‘rganilib, xodimlarga qo‘shma qaror mazmun-mohiyati, inspektor-psixologlar tomonidan voyaga etmaganlar, yoshlar va ularning ota-onalari bilan ish olib borish jarayoni bo‘yicha tavsiyaviy yo‘riqnomalar berildi.
O‘quv-mashg‘ulotlari davom ettirilmoqda.