Tinglovchi g‘olib bo‘ldi

11.08.2025 1 marta ko'rilgan

O‘zbekiston Respublikasi IIVning farmoyishiga asоsаn joriy yilning 6-9 avgust  kuni bo‘lib o‘tgan “Qo‘l jangi” sport turi bo‘yicha musobaqada  IIV Malaka oshirish instituti KTF tinglovchisi safdor Akrom Dusimbayev 88 kg vazn toifasida faxrli 3-o‘rinni egallab bronza medalni qo‘lga kiritdi.

Ichki ishlar vazirligining tarkibiy va hududiy bo‘limlari o‘rtasida ushbu musobaqada 18 ta terma jamoa hisobidan 250 dan ortiq sportchilar ishtirok etdi.  

Institut Matbuot xizmati