Tinglovchimiz sovrindorlar safida

28.06.2025 1 marta ko'rilgan

 

Sport vazirligining taqvim rejasiga asosan, joriy yilning                   23-26-iyun  kunlari Andijon viloyatida Dzyudo sport turi bo‘yicha kattalar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi o‘tkazildi. Ushbu musobaqada O‘zbekistonning barcha viloyatlaridan 500 ga yaqin sportchilar qatnashdilar.

Ushbu musobaqaga IIV Malaka oshirish instituti KTF tinglovchisi safdor Xonto‘raeva Shoxida Boxodir qizi 52 kg vazin toifasida  ishtirok etib faxirli 2-o‘rinni egalladi hamda O‘zbekiston terma jamoa safida, xalqaro musobaqalarda ishtirok etish xuquqini qo‘lga kiritdi.