Jamoat tartibini saqlash faoliyatida zamonaviy axborot texnologiyalarning o‘rni
              
              24.06.2025
              
                
                1 marta ko'rilgan
              
            
            
            Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Olmaliq shahar o‘quv bazasida Kasbiy tayyorgarlik fakulteti “Jamoat tartibini saqlash faoliyati” mutaxassisligi yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan tinglovchilar bilan “E-ma’muriy ish” dasturi yordamida huquqbuzarlarni aniqlash usullari hamda maxsus planshet orqali rasmiylashtirish bo‘yicha amaliy o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
Shuningdek, shaxsga doir ma’lumotlarni tarqatmaslik to‘g‘risida tushunchalar berildi.
Institut Matbuot xizmati
 
             
	 
	
	 
	 
	 
                  