Seminar trening davom etmoqda

18.06.2025 1 marta ko'rilgan

       Avval xabar berganimizdek, Koreya Respublikasi Markaziy Politsiya Akademiyasida Koreya xalqaro hamkorlik tashkiloti (KOICA)ning “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida Simulyatsiyalashgan o‘quv markazini tashkil etish bo‘yicha salohiyatni oshirish” loyihasi doirasida IIV va Malaka oshirish instituti xodimlari uchun tashkil etilgan o‘quv kursi davom etmoqda.

         Trening dasturiga muvofiq, xodimlar Koreya politsiya kadrlarni rivojlantirish instituti va  Koreya politsiyasi tergov akademiyasi, sud ekspertiza markazi faoliyati bilan tanishdilar.

 

Institut Matbuot xizmati