Tinglovchilar Shahidlar xotirasi xiyoboniga tashrif buyurdi
22.01.2024
1 marta ko'rilgan
Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti professor-o‘qituvchilari hamda “podpolkovnik” masus unvonini olish uchun o‘qiyotgan tinglovchilar poytaxtimizdagi Shahidlar xotirasi xiyoboniga tashrif buyurdi.
Xiyobonga tashrif davomida tinglovchilar hududdagi bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirib, Qatag‘on qurbonlarini yod etdi, “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyida yaratilgan sharoitlar, tarixiy hujjatlar bilan tanishdi. Shuningdek, Institut tinglovchilari muzey eksponatlarini diqqat bilan kuzatdilar.
IIV Malaka oshirish instituti matbuot xizmati