Institut vazifaari va funksiyalari

 

Ichki ishlar organlarining xodimlarini boshlang‘ich, kasbiy va qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish Institutning asosiy maqsadi hisoblanadi.

Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari hisoblanadi:

ichki ishlar organlari tizimida uzluksiz o‘quv-karyera jarayonini tizimli ravishda amalga oshirilishini ta’minlash;

ichki ishlar organlari uchun yetuk kasbiy tayyorgarlikka, zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan, yuqori malakali mutaxassis kadrlarni kasbiy tayyorlash;

ichki ishlar organlari xodimlarining uzluksiz ta’lim tizimida samarali boshlang‘ich va qayta tayyorgarlikdan o‘tishini ta’minlash;

ichki ishlar organlari xodimlarining intellektual va professional salohiyatini oshirish uchun malaka oshirish kurslarini, shu jumladan ularning xizmatdan ajralmagan holda bevosita joylarda malakasini oshirishni ta’minlash maqsadida masofaviy va mobil sayyor kurslarni o‘tkazish;

xodimlarni qabul qilinayotgan yangi qonunlar va amaldagi qonun hujjatlariga kiritilgan oxirgi o‘zgartirish va qo‘shimchalar mazmun-mohiyati, davlat va jamiyat hayotini modernizatsiyalash, sud-huquq sohasini yanada demokratlashtirish jarayonlari, huquqni muhofaza qilish organlari, shu jumladan ichki ishlar organlari faoliyatida huquqni qo‘llashning zamonaviy talablari hamda ushbu sohadagi xorijiy davlatlar tajribasi bilan yaqindan tanishtirish, xodimlarning kasbiy mahorat va ko‘nikmalarini shakllantirish;

o‘quv, o‘quv-metodik, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish hamda amalga oshirish uchun respublikaning yetakchi ta’lim, ilmiy-tadqiqot muassasalari, davlat organlari va jamoat tashkilotlari, Ichki ishlar vazirligining sohaviy xizmatlari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlarning yetakchi ta’lim va ilmiy muassasalarining tajribali olimlari, mutaxassislari va ekspertlarini jalb etish, shu jumladan shartnoma asosida jalb etish, boshqa ta’lim muassasalari va tashkilotlarda malakasini oshirishni tashkil etish;

mamlakatimizdagi va xorijdagi yetakchi turdosh ta’lim muassasalari bilan kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha tajriba almashish, hamkorlikda o‘quv dasturlarini joriy etish hamda professor-o‘qituvchilarning mazkur ta’lim muassasalarida malakasini oshirish va stajirovkadan o‘tkazish orqali xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.

Institut o‘ziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

o‘qitishning zamonaviy shakl va usullarini, eng yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, shu jumladan situasion mashg‘ulotlarni, masofadan o‘qitish tizimini keng joriy etish, ta’lim oluvchilar va o‘qituvchilarga global axborot-huquqiy va ta’lim resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini ta’minlash;

ichki ishlar organlari faoliyatida mavjud muammolar, shu jumladan jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi, jinoyatchilikka qarshi kurash sohasidagi tahliliy ishlarni, mavjud muammolarni tizimli tahlil qilish va kriminogen vaziyatni prognozlashga oid ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish;

ichki ishlar organlari faoliyatini samaradorligini oshirish, shuningdek qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy asoslangan takliflarni ishlab chiqish va joriy etish;

Institutning O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik liseylaridagi filiallari (auditoriyalari)da o‘quv-uslubiy jarayonlarni muvofiqlashtirish va ularga rahbarlik qilish;

ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi va fuqarolar o‘rtasida ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy hamda huquqiy targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish;

ichki ishlar organlari xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish masalalari yuzasidan respublikamizdagi yetakchi turdosh ta’lim muassasalari, xalqaro tashkilotlar hamda xorijiy davlatlar ta’lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorlikni amalga oshirish;

Institutda boshqa soha mutaxassislarining huquqiy bilimlarini oshirish bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslarini, shu jumladan shartnoma asosida tashkil etish;

Institut moddiy-texnik bazasini zamonaviy talablar asosida jihozlash va doimiy ravishda takomillashtirib borish.

Institut qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifa va funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.

Quyidagilar Institut faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi:

ichki ishlar organlari sohaviy xizmatlarining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha serjantlar tarkibi xodimlarini jamoat xavfsizligini ta’minlash faoliyatini tashkil etish sohasida maxsus kasbiy tayyorlash;

ichki ishlar organlarining safdor va ofiserlar tarkibidagi lavozimlariga birinchi marta tayinlangan xodimlarni boshlang‘ich kasbiy tayyorgarlik bo‘yicha o‘quv dasturlari asosida o‘qitish;

ichki ishlar organlarining barcha toifadagi xodimlarini innovasion axborot va pedagogik texnologiyalarni qo‘llagan holda, shu jumladan turdosh yo‘nalishdagi respublika oliy ta’lim muassasalari bazasida qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish;

xodimlarga maxsus unvonlar berilishi hamda lavozimlarga tayinlanishi uchun ularni qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridan o‘tishlarini ta’minlash;

ichki ishlar organlari xodimlarini qayta tayyorlash va malaka oshirishga bo‘lgan ehtiyojini o‘rganish, ularning malakasini oshirish sifatini doimiy nazorat va monitoringini olib borish.