Ichki ishlar organlari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish ta’lim tizimi o‘ziga xos tarixga ega. Dastlab, 1967-yilda sobiq ittifoq Jamoat tartibini saqlash vazirligi Oliy militsiya maktabining Toshkent shahridagi sirtqi tayyorlov bo‘limida ichki xizmat general- mayori T.A. Jalilov rahbarligida jinoyatchilikka qarshi kurashish amaliyotining eхtiyojlaridan kelib chiqqan holda shahar, tuman ichki ishlar bo‘limlarining boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari bilan jinoyatchilikka qarshi kurashni takomillashtirish masalalari bo‘yicha malaka oshirish o‘quv yig‘inlari tashkil etilgan. Ushbu malaka oshirish o‘quv yig‘inlari uchun zarur o‘quv dasturlari, mavzular rejalari va metodik materiallar ishlab chi qilib, jalb etilgan tinglovchilar 2–3 ta o‘quv guruhlariga taqsimlangan holda o‘qitilgan.