Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti tadqiqotchisi, IIV Markaziy poliklinikasi boshlig‘i, polkovnik Zakirova Feruza Gulyamovna Toshkent tibbiyot Akademiyasi huzuridagi DSc.04/30.12.2019.Tib.30.02 - raqamli Ilmiy kengash yig‘ilishida 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi va 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosliklari bo‘yicha “Ichki ishlar vazirligi xodimlari va kursantlarining tibbiy-ijtimoiy kompetentligini takomillashtirish” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan disertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Shu munosabat bilan IIV Malaka oshirish instituti raxbariyati va shaxsiy tarkibi nomidan polkovnik Zakirova Feruza Gulyamovnani disertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilganligi bilan tabriklaymiz va uning kelgusi ishlarida hamda pedagogik faoliyatida ulkan zafarlar tilaymiz.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati