Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti Mirzo Ulug‘bek tumanidagi o‘quv bazasida uzluksiz o‘quv-karera jarayoni tizimi bo‘yicha “mayor” maxsus unvonini olish uchun kelgan ofitserlar shaxsiy tarkibi bilan Ichki ishlar vazirligi Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi ta’lim muassasalari bo‘yicha bo‘limi o‘ta muhim ishlar bo‘yicha tezkor vakili, podpolkovnik O.S.Bozorov tomonidan Yo‘riqnoma o‘tkazildi.
Yo‘riqnomada Institut tinglovchi xodimlari o‘rtasida qonun buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik, korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olish, xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash borasida olib borilayotgan ishlarning ahvoli hamda kelgusidagi vazifalar to‘g‘risida alohida to‘xtaldi.
Shuningdek, Institut mas’ul xodimlari tomonidan o‘tkazilgan saf ko‘rigida tinglovchilarning tashqi ko‘rinishi, xizmat kiyimini kiyish tartib-qoidalariga rioya qilinishi, doimiy ravishda yonida bo‘ladigan anjomlar va xizmat guvohnomasining talab darajasida ekanligi hamda saf tayyorgarligi bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarning qay darajada shakllanganligiga alohida e’tibor qaratildi.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati