O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi Ixtisoslashtirilgan o‘quv markazida "Qurolli Kuchlarda mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirishdagi dolzarb muammolar va ularning yechimlari" mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Unda Qurolli Kuchlar Akademiyasi, Mudofaa, Ichki ishlar vazirliklari, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya harbiy oliy taʼlim muassasalari va o‘quv markazlaridan mutaxassislar ishtirok etishib, mavzu yuzasidan ilmiy asoslantirilgan maʼruzalar qilishdi.
Ilmiy-amaliy konferensiya bugungi kunda harbiy kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni amalga oshiruvchi taʼlim muassasalarida o‘quv-tarbiyaviy jarayoni, o‘quv mashg‘ulotlarini va jangovar bo‘linmalarda jangovar tayyorgarlik mashg‘ulotlarini o‘ziga xos jihatlari, ilg‘or davlatlar tajribalari, kamchilik va yutuqlar hamda uni tashkillashtirishdagi yondashuv va muammolarni tahlil qilish, ularni bartaraf etish yuzasidan ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqilishiga xizmat qilishi bilan ahamiyatli hisoblanadi.
Qizg‘in bahs va munozaralarga boy bo‘lgan anjuman so‘ngida hamkorlikda amalga oshiriladigan rejalar belgilab olindi va konferensiya materiallari asosida o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar tayyorlanadigan bo‘ldi.