Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida Tuman (shahar) ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasi boshliqlarining navbatdagi malaka oshirish o‘quv kursi yakunlandi.
O‘quv mashg‘ulotlari Institut professor-o‘qituvchilari hamda vazirlik soxaviy xizmatlari bilan hamkorlikda zamon talablari asosida ishlab chiqilgan o‘quv dasturlari asosida aloqa va axborot texnologiyalaridan keng foydalangan holda interfaol usullarda olib borildi.
O‘quv kursi yakunida o‘tkazilgan sinov va imtihonlarni muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga belgilangan namunadagi sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi. Shuningdek, kelgusida xizmat jarayonida foydalanishlari uchun o‘quv-uslubiy materiallar tarqatildi.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati