Ichki ishlar vazirligining tegishli farmoyishiga asosan Malaka oshirish instituti kasbiy tayyorgarlik fakultetida mutaxassislik yo‘nalishlari bo‘yicha taʼlim olayotgan tinglovchilar Toshkent viloyati IIBB sohaviy xizmatlari Patrul-post xizmati, Yo‘l-patrul xizmati, Pasport tizimini taʼminlash, Jazoni ijro etish xizmati va Maxsus operatsiyalarni amalga oshirish xizmatida joriy yilning 3-fevral kunidan 16-fevral kuniga qadar malakaviy amaliyot o‘tashga kirishdi. Malakaviy amaliyotning birinchi kuni barcha sohaviy yo‘nalishlarda amaliyot oldi yo‘riqnomalar o‘tkazilib tinglovchilarga ko‘p yillik amaliy tajribaga ega bo‘lgan xodimlar biriktirildi.
Amaliyotni o‘tkazishdan maqsad tinglovchilar tomonidan egallagan nazariy bilimlarni mustahkamlash va xizmat faoliyati davomida uchraydigan turli xil vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.
Institut Matbuot xizmati