O‘zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish institutida Ichki ishlar organlarida uzluksiz o‘quv-karera jarayoni tizimi asosida kadrlarni tayyorlash bo‘yicha navbatdagi maxsus malaka oshirish o‘quv kurslarida ichki ishlar organlarining turli sohaviy xizmatlaridan 47 nafar xodimlar “podpolkovnik” maxsus unvonini olish yo‘nalishida o‘quv tayyorgarlikdan o‘tkazildi.
O‘quv mashg‘ulotlari Institut professor-o‘qituvchilari hamda vazirlik soxaviy xizmatlari bilan hamkorlikda zamon talablari asosida ishlab chiqilgan o‘quv dasturlari asosida aloqa va axborot texnologiyalaridan keng foydalangan holda interfaol usullarda olib borildi.
O‘quv kursi yakunida o‘tkazilgan sinov va imtihonlarni muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga belgilangan namunadagi sertifikatlar topshirildi.
Tadbirda so‘zga chiqqan tinglovchilar bugungi sertifikat va oladigan navbatdagi “podpolkovnik” maxsus unvon katta mas’uliyat yuklashini ta’kidlab, o‘quv kursi davomida o‘rganganlari xizmat faoliyatini tashkil etishda o‘z samarasini berishini e’tirof etdilar.
Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti
Matbuot xizmat