O‘zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish institutida Ichki ishlar organlarida uzluksiz o‘quv-karera jarayoni tizimi asosida kadrlarni tayyorlash bo‘yicha “katta serjant” maxsus unvonini berish uchun navbatdagi maxsus malaka oshirish o‘quv kursi yakunlandi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar muhtaram Prezidentimiz rahbarligida ichki ishlar organlari tizimida keng qavromli islohotlar amalga oshirilib, soha uchun kadrlar tayyorlash jarayonlari yangi bosqichga olib chiqilganligini ta’kidladilar.
O‘quv reja va dasturlar talablarini to‘liq bajargan, imtihon va sinovlarni muvaffaqiyatli topshirgan 10 nafardan oshiq tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi.
IIV Malaka oshirish Instituti Matbuot xizmati