O‘quv mashg‘ulotlarida vazirlik sohaviy xizmatlarining tajribali xodimlari va Malaka oshirish instituti professor-o‘qituvchilari Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan ichki ishlar organlari faoliyatiga oid dolzarb vazifalarga, ularning mazmun-mohiyati va ahamiyatiga alohida e’tibor qaratmoqdalar.
Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishda zamonaviy axborot-texnologiyalari vositalaridan samarali foydalanish, ayniqsa voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida, oila-turmush munosabatlari doirasida sodir etilayotgan huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishda hududlar tajribasi, xorijiy davlatlarning huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatidagi ijobiy tajribalarni tushuntirishga ham ahamiyat berilmoqda.
Shuningdek, o‘quv yig‘iniga jalb qilingan xodimlarga ichki ishlar organlarida xizmatni to‘g‘ri tashkil qilish, jamoat xavfsizligini ta’minlash, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi muammolar va ularning yechimlari yuzasidan tegishli tavsiyalar berilmoqda.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati