Ichki Ishlar Vazirligi Malaka oshirish instituti Olmaliq o‘quv bazasida Kasbiy tayyorgarlik fakulteti Maxsus fanlar sikli o‘qituvchisi, podpolkovnik Kenja Beysenov va IIV huzuridagi JIED birinchi mintaqaviy hududidagi manzil-koloniya xodimi, kapitan Javoxir Po‘latov ishtirokida Maxsus kasbiy tayyorgarlik kursining serjantlik lavozimlariga qabul qilingan “Jazoni ijro etish faoliyati” yo‘nalishi buyicha tahsil olayotgan tinglovchilar bilan “Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish” mavzusi bo‘yicha binar ma’ruza o‘tkazildi.
Mashg‘ulot jarayonida tinglovchilarni qiziqtirgan barcha savollariga batafsil javoblar berildi.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati