Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida safdor va ofitserlik lavozimlariga qabul qilingan boshlang‘ich kasbiy tayyorgarlik kursining tinglovchilari bilan “Ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik”, “Korrupsiya – ichki ma’naviy tahdid” va “Geosiyosiy manfaatlar to‘qnashuvi va mafkuraviy kurash” o‘quv modullari bo‘yicha mas’ul xodimlar tomonidan og‘zaki shaklida yakuniy nazorat o‘tkazildi.
Yakuniy nazoratda jami 64 nafar tinglovchi ishtirok etdi. Imtihon jarayonlari belgilangan tartibga ko‘ra, tasdiqlangan jadval asosida tashkil etildi.
Nazorat ishlarini o‘tkazish, baholash va e’lon qilishda shaffoflik ta’minlandi.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati