Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida Jazoni ijro etish xizmati safdor va ofitserlik lavozimlariga qabul qilingan boshlang‘ich kasbiy tayyorgarlik kursining tinglovchilari bilan “Jazoni ijro etish faoliyati” moduli bo‘yicha mas’ul xodimlar tomonidan og‘zaki shaklida oraliq nazorat o‘tkazildi.
"Jazoni ijro etish faoliyati" mutaxassisligi bo‘yicha oraliq nazorat o‘tkazishda Institutning Ilmiy kengashi tamonidan tasdiqlangan o‘quv dasturiga kiritilgan mavzulari bo‘yicha tinglovchilarning olgan bilimlari tekshirilib, oraliq nazorat natijalariga ko‘ra tinglovchilarni baholashda “sinovdan o‘tdi" va “sinovdan o‘ta olmadi” mezonlariga e’tibor qaratildi.
Maqsad tinglovchilarga berilgan savolning mohiyatini tayanch tushunchalarning barchasini qo‘llab, to‘liq yoritib berish, mustaqil xulosa va qaror qabul qilish, nazariy bilimlarni amaliy qo‘llay olish qobiliyatini ko‘rsatish, qonunlardan, IIV buyruqlari va Hay’at majlisi qarorlaridan, adabiyotlardan to‘g‘ri foydalangan holda savolning mohiyatini tushunishini ko‘rsatish hamda fikr yuritishda mantiqiylik, aniqlik va ketma-ketlikka to‘liq amal qilishdan iboratdir.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati