Yangilik haqida batafsil

Tuman (shahar) ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasi boshliqlari bilan kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha o‘quv kurslari boshlandi
Jan. 22, 2024

          O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 noyabr kunidagi “O‘zbekiston Respublikasi Jamoat jxavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va Ichki ishlar vazirligining 2022 yil 27 avgustdagi "Ichki ishlar organlarida uzluksiz o‘quv-karera jarayoni tizimini tashkil etish to‘g‘risida" gi 310-sonli buyrug‘iga asosan, joriy yilning 22 yanvar kunidan boshlab, Tuman (shahar) ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasi boshliqlari bilan kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha o‘quv kurslari  boshlanishi munosabati bilan Vazirlik mas’ul xodimlari va Malaka oshirish instituti rahbariyati tomonidan yo‘riqnoma o‘tkazildi.

          Shuningdek o‘quv-yig‘ini davomida kasbiy - huquqiy bilimlarini yuksaltirish maqsadida sohaga oid me’yoriy xujjat talablarini o‘rganish hamda o‘quv mashg‘ulotlari davomida davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan ichki ishlar organlari faoliyatiga oid dolzarb vazifalarga, ularning mazmun-mohiyati va ahamiyatiga, sohaga oid qabul qilingan yangi normativ-huquqiy xujjatlarning talablari bilan tanishtirishga va kelgusida xizmat faoliyati samaradorligini oshirishga alohida e’tibor qaratish kerakli ta’kidlandi.

      Shundan so‘ng, institut hududida yurish-turish va odob-axloq qoidalariga, kun tartibiga rioya qilishlari lozimligi tushuntirildi.

 

IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati