O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida ovchilar jamoat birlashmalari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qaroriga muvofiq, Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutida ovchilar jamoat birlashmalari hamda ichki ishlar organlarining nazorat-litsenziyalash faoliyatini tashkil etish bo‘linmalari xodimlarini “Fuqarolarni quroldan xavfsiz foydalanish qoidalariga o‘qitish bo‘yicha qisqa muddatli maxsus o‘quv kurslari”da o‘qitadigan instruktorlarni tayyorlash bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari olib borilmoqda.
Mashg‘ulotlar davomida tinglovchilarning huquqiy tayyorgarlik, ov qurollaridan foydalanish va birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish borasidagi bilim va ko‘nikmalari yanada mustahkamlanmoqda.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati