Quroli kuchlarmiz tashkil topganning 32 yilligi va 14 yanvar - Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institut Kasbiy tayyorgarlik fakultetida tahsil olayotgan tinglovchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida Sambo va Milliy kurash bo‘yicha Osiyo va Jahon chempioni, jahon kuboklari sohibi, ''O‘zbekiston Iftixori'' faxriy unvoni hamda ''O‘zbekiston belgisi'' ko‘krak nishoni sohibi, iste’fodagi podpolkovnik Akobir Qurbonov bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida chempion yoshlarga o‘zining hayot yo‘llari, tajribalari, jahon arenalarida O‘zbekiston sharafini mardonavor himoya qilishga tayyorgarlik jarayonlaridagi uchragan qiyinchiliklari va ularni yengib o‘tishdagi irodasi, jasorati, matonati to‘g‘risidagi fikr-mulohazalari tinglovchilarda yaxshi taassurot qoldirdi.
Uchrashuv baxs-munozaralarga boy bo‘lib, chempion tinglovchilarning qiziqtirgan savollariga atroflicha amaliy misollar bilan javob qaytardi.
IIV Malaka oshirish instituti Matbuot xizmati