Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti professor-o‘qituvchilari hamda “podpolkovnik” masus unvonini olish uchun o‘qiyotgan tinglovchilarining Zangiota yodgorlik majmui ziyoratgohiga tashrifi uyushtirildi.
Nafaqat yurtimiz, balki butun Markaziy Osiyodagi pok niyatli ziyoratchilarni o‘ziga tortib kelayotgan Zangi ota majmuasi ona-zaminimizdagi noyob tarixiy me’moriy, madaniy-ma’rifiy qadamjolardandir. Bu dargohga bevosita tashrif buyurish, u yerdagi obida-yu yodgorliklarning asl mohiyatini dildan his qilish chin ma’noda o‘zlikni anglashga imkon beradi.
Majmuaga tashrif buyurish orqali tinglovchilarning bo‘sh vaqti mazmunli tashkil etildi va bir olam taassurotlar bilan qaytdilar.
IIV Malaka oshirish instituti matbuot xizmati